13 jan 12:17
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/52289_220.jpg)
Mbappe 14-golini urdi, bu borada u faqat Messidan orqada
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Franciya chempionatining navbatdagi turida “Amen”ga (3:0) qarshi bahsda gol urishga erishdi.
20 yoshli hujumchsi joriy mavsumda o'zining 14-golini kiritib, Evropaning kuchli beshligida xuddi shuncha gol kiritgan to'purarlarlar Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), “Obameyang (“Arsenal”), Harri Keyn (“Tottenhem”), Muhammad Saloh (“Liverpul”)ga etib oldi.
Top-5 chempionatlar to'purarlari orasida hozircha “Barselona” forvardi Lionel Messi etakchilik qilmoqda. Argentinalik futbolchi raqiblari darvozasiga 16 ta gol urishga erishgan.
Mbappe shuningdek o'zining yana bir shaxsiy rekordini takrorlashga yaqin turibdi. 2016/17 yilgi mavsumda u “Monako” safida 15 ta gol urishga erishgan.
Havola :
Fikrlar