10 mar 08:48
Yangiliklar
Futbol

Mbappe “Borussiya”ga qarshi bahs oldidan mashg'ulotlarda ishtirok etmadi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoasining ECHL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasida “Borussiya” (D)ga qarshi bahs oldidan o'tkazgan so'nggi mashg'ulotida ishtirok etmadi, deya xabar bermoqda Le Parisien.
Manba xabariga ko'ra, futbolchi tomog'ida og'riq kuzatilgani bois mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan. Hozircha uning nemis klubia qarshi o'yinda maydonga tushish tushmasligi mavhumligicha qolmoqda.
PSJ - “Borussiya” (D) uchrashuvi 11 mart, chorshanba kuni Parijdagi “Park de Prens” stadionida bo'lib o'tadi. Dortmundda o'tgan birinchi bahsda “Borussiya” 2:1 hisobidad g'alaba qozongan.
Havola :
Fikrlar