22 apr 12:37
Yangiliklar
Futbol

Mbappe Franciya chempionatining bir mavsumida 30 ta gol urgan eng yosh o'yinchi
PSJ kecha Franciya chempionatining 33-turida “Monako”ni Kilian Mbappening xet-triki evaziga 3:1 hisobida taslim qildi.
Natijada Mbappe Franciya chempionati bir mavsumida 30 ta gol urgan eng yosh o'yinchi bo'ldi. Avvalgi rekord Erve Revenelliga tegishli edi. SHuningdek, Mbappe Terri Anri rekordini takrorlab, bir mavsumda eng ko'p gol urgan franciyalik futbolchi bo'lib turibdi.
Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda PSJ uchun 40 ta o'yin o'tkazib, 36 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar