13 sen 17:56
Yangiliklar
Futbol

Mbappe PSJni mavsum so'nggida klubdan ketishi haqida ogohlantirdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyatiga joriy mavsum so'nggida klubdan ketishi haqida ogohlantirdi.
Franciyalik futbolchi faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirmoqchi. Gap La Liga va APL klublari haqida ketmoqda. PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfi esa na Mbappe, na Neymar yaqin orada klubdan ketmasligini aytgan edi.
Mbappe "Pari Sen-Jermen"ga 2017 yilning yozida "Monako"dan ijara asosida o'tgan va bir yildan so'ng Parij klubi uni 145 million evroga xarid qilgan edi.
21 yoshli Mbappe o'tgan mavsum Franciya chempionati doirasidagi 20 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar