09 dek 16:59
Yangiliklar
Futbol
Mbappe ukasi tufayli "Real"ga o'tishdan bosh tortmoqchi bo'lgan
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe ukasi Etan tufayli "Real"ga transferidan voz kechishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi.
Iyun oyida Etan Mbappe ham akasining transferidan ko'p o'tmay, PSJni tark etgandi.
"U menga ular nohaqligi va qolishni istamasligini aytdi. O'shanda men unga: "Agar sen qolishni maqul ko'rsang, men shartnomamni uzaytiraman va biz yana malum vaqt Parijda qolamiz", - dedim. Men u uchun Madrid bilan bog'liq orzularimdan voz kechardim. Axir ukangning faoliyatini buzish evaziga dunyoning eng yaxshi klubiga o'tishdan nima naf?".
Eslatib o'tamiz, Etan Mbappe bugungi kunda "Lill" futbolchisi hisoblanadi. Joriy mavsum jarohati tufayli kichik Mbappe Franciya chempionatining bor yo'g'i 3 ta o'yinida ishtirok eta oldi.
Havola :
Fikrlar