07 sen 18:18
Yangiliklar
Boshqalar
MDH mamlakatlari o'yinlari 2021 yil yoziga ko'chiriladi
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlarining birinchi O'yinlari 2021 yilga ko'chirildi.
Musobaqa mezboni o'zgarmagan – Qozon shahri. Bu haqida Tatariston sport vaziri Vladimir Leonov bayonot berdi.
Dastavval bu O'yinlar 2020 yil 20-27 avgustda o'tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi sababli u sentyabr, keyin oktyabr oyiga ko'chirilgan edi. Endi bu MDH O'yinlarini 2021 yil yozida o'tkazish ko'zda tutilmoqda.
Ushbu O'yinlarda 14-23 yoshli atletlar sportning 22 turi bo'yicha 280 medallar shodasi uchun bellashishlari belgilab qo'yilgan edi. Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqani o'tkazish haqidagi qaror 2019 yilning oktyabrida MDH mamlakatlari hukumatlari kengashida qabul qilingan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar