29 iyu 17:01
Yangiliklar
Boshqalar
MDH o'yinlari vaqti o'zgarishi mumkin
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi o'yinlari tashkilotchilari Qozonda o'tkaziladigan bahslar muddatini oktyabr oyiga qoldirishmoqchi.
Avvalroq, o'yinlar shu yilning 20-27 avgust kunlari o'tkazilishi kutilayotgandi.
"O'yinlar oktyabr oyiga ko'chirilishi masalasi muhokama qilindi. Biz buni ko'rib chiqamiz", - dedi Tatariston sport vaziri Vladimir Leonov.
Malumot uchun, musobaqa dasturidan karate, armrestling, badminton, basketbol (3x3), boks, belbog'li kurash va kurash, suv polosi, sohil voleyboli, erkin va grek-rim kurashi, gira sporti, dzyudo, mas-restling, stol tennisi, suzish, sambo, taylandcha boks, raqs sporti, qilichbozlik, futzal, badiiy gimnastika va shaxmat kabi sport turlari o'rin olgan.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar