28 apr 10:35
Yangiliklar
Tennis
Medvedev ilk bor grunt turniri finalida o'ynaydi
Bugun Ispaniyaning Barselona shahrida nufuzli ATP turniri yakunlanadi.
Bugun o'tkaziladigan Barcelona Open Banc Sabadell turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik tennischi Daniil Medvedev avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqadi.
Dunyoning 14-raketkasi bo'lib turgan Medvedev 1/2 yarim final bahsida reytingning 7-pog'onasidan joy egallab turgan yaponiyalik Kei Nishikorini deyarli ikki yarim soat davom etgan uchrashuvda 6/4, 3/6, 7/5 hisobida taslim etdi. Bugun final Daniil uchun faoliyatidagi birinchi grunt turniri finali bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar