17 fev 11:42
Yangiliklar
Futbol
Meksika JCH-2026 uchun hukumatdan kafolat oldi
Meksika hukumati 2026 yildagi jahon chempionatini AQSH va Kanada bilan birga o'tkazish uchun rasmiy kafolat taqdim etdi.
Oldinroq, AQSH, Kanada va Meksikaning birlashgan tashkiliy qo'mitasi jahon birinchiligini o'tkazishga tayyor bo'lgan 44ta shaharni tanlagan edi. Yakuniy ro'yxatga 12ta shahar va 25ta stadion kirishi kerak. Mundialga mezbonlik qilish uchun rasmiy xat joriy yilning mart oyida FIFAga yuborilishi kerak.
Eslatib o'tamiz, 2026 yildagi jahon chempionatida 48ta terma jamoa ishtirok etadi.
Havola :
Fikrlar