25 apr 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men har doim shu jangni xohlaganman" - Bilol Muhammad
UFC'ning yarim o'rta vazn toifasidagi chempioni Bilol Muhammad shu divizionda faoliyat olib borayotgan mashhur Xamzat CHimaev bilan jang qilish istagini bildirdi.
"Men ilgari ham Xamzatni jangga chaqirganman. Bu — har doim orzu qilgan janglarimdan biri. Men har doim eng qiyin sinovlarga intilganman...
Uslub jihatidan biz unga juda mos tushamiz, deb o'ylayman. Menimcha, u Drikus dyu Plessini engib, chempion bo'ladi.
Xamzat birinchi raundda juda qattiq zarbalar beradi va raketa kabi tashlanadi... Men uni so'nggi raundlargacha olib borishim va asta-sekin bosimni kuchaytirishim kerak bo'ladi", - dedi Muhammad.
Havola :
Manba : Submission Radio
Fikrlar