14 noy 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men yutqazmoqchi emasman!". 58 yoshli Tayson Polga qarshi jangi haqida gapirdi
Boks afsonasi Mayk Tayson bloger Jeyk Polga qarshi bo'lajak jangi haqida gapirdi.
"Men qaytishdan xursandman va bu jangga tayyorman. O'zimni baxtli his qilyapman. Ishonamanki, u bilan jangga tayyorman. Odamlarning soni barchasini aytib turibdi. Bu jang katta qiziqishga sabab bo'lyapti. Men yutqazmoqchi emasman! Yutqazmoqchi emasman va nuqta!", - dedi Mayk Tayson.
Eslatib o'tamiz, Tayson va Pol o'rtasidagi jang 16 noyabr tongida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar