30 may 09:29
Yangiliklar
Futbol

Mendi ECHL rekordini o'rnatdi
ECHL finalida “CHelsi” futbolchilari “Manchester Siti”ni (1:0) taslim etishdi.
Londonliklar kiperi Eduar Mendi ushbu musobaqada 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, shu bellashuvlarning 9 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishning uddasidan chiqdi.
Bu ECHLda ilk mavsumini o'tkazgan darvozabonlar orasida rekord ko'rsatkich hisoblanadi. CHunki shu paytgacha turnir tarixida hech bir darvozabon ECHLdagi debyut mavsumida 12 a bellashuvning 9 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola bilmagan.
Mendi 2020 yilning kuzida “Renn” klubidan “CHelsi”ga ko'chib o'tgandi.
Havola :
Fikrlar