15 sen 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Merab Dvalishvili chempion bo'lganidan keyin nimalar dedi?
Asli gruziyalik aralash yakkakurash ustasi Merab Dvalishvili eng engil vazn toifasida UFC chempioniga aylandi.
U amerikalik endilikda sobiq UFC chempioni SHon O'Mellini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi.
"Bugun men boshqa kunlarimdan farq qiladigan hech qanday his-tuyg'uni sezmadim. Hatto kamarga jang qilayotganimni ham his qilmadim. Men uchun eng qiyini bu vazn qilish bo'ldi.
Orzuimga erishdim, kamargacha qadamma-qadam yurib keldim. SHon yaxshi, lekin bugun men uni oddiy jangchi ekanini ko'rsatdim. Men bugungi kunning eng yaxshi jangchisiman, hamma narsani isbotladim.
Bugun meni hech narsa hayron qoldirmadi, sport zalida eng zo'rlari, katta yigitlar, kichik vaznli yigitlar bilan ishladim. Meni hech narsa hayratga solmadi, men bu suratda 15 raundga o'ta olaman", dedi Merab.
Havola :
Manba : MainCard
Fikrlar