07 sen 18:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Merab Dvalishvili faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi
UFC`ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Merab Dvalishvili aytgan jangchi Pyotr Yan emas.
Gruziyalik aralash yakkakurash ustasi braziliyalik Joze Aldoni o'z faoliyatidagi eng qiyin raqib deb atadi. Dvalishvili 2022 yil avgust oyida UFC 278 turnirida hakamlarning yakdil qarori bilan Aldoni mag'lub etgandi.
"Men bu tanlov masalasida Joze Aldoni aytgan bo'lardim. O'sha paytda u ajoyib formada edi. U mening vazn toifamda ketma-ket uchta g'alabaga erishgandi. Uni parterga tushirish juda qiyin bo'lgan. Unga nisbatan cheksiz hurmatdaman. O'sha vaqtda u men bilan solishtirganda juda va juda tajribali edi. Ha, men uni mag'lub etdim va bu menga ham quvonch, ham qayg'u bag'ishladi, chunki u men uchun afsona va qahramondir", — dedi Dvalishvili "Beyond The Win" podkastida.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar