25 iyu 19:20
Yangiliklar
Merab Dvalishvili jangovor sambo bo'yicha AQSH chempioni bo'ldi
Gruziyalik aralash yakkakurash ustasi chempion SHon O’Mellining kamariga rasmiy davogar hisoblanadi. Merab 2019 yilda jangovor sambo bo'yicha o'tgan jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan. AQSH chempionatida esa u barcha raqiblarini mag'lub etishni uddaladi.
"Raqobatga chanqoqman. Qisqa muddatda chorlov bo'lganiga qaramay, Texasdagi chempionatda ishtirok etdim. Uyga jangovor sambo bo'yicha AQSH chempionatining oltin medali bilan qaytdim", - dedi Dvalishvili.
Eslatib o'tamiz, shu yilning fevral oyida Anaxaymda o'tgan UFC 298 turnirida 33 yoshli Merab Dvalishvili ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi. Bu uning ketma-ket qo'lga kiritgan o'ninchi g'alabasi bo'lgandi. Merab katta ehtimol bilan 14 sentyabr kuni Las-Vegasdagi "Sfera" arenasida o'tadigan UFC 306 turnirida SHon O’Melliga qarshi oktagonga chiqadi.
Fikrlar