27 iyu 12:27
        Yangiliklar	
	
				
				    O'q otish			    
				 
				
			 
				Merganimiz Germaniyadagi Jahon kubogida ishtirok etyapti
Germaniyaning Zul shahrida  yoshlar o'rtasida sportning o'q otish turi bo'yicha Jahon kubogi davom etmoqda. 
			Etiborli tomoni, nufuzli musobaqada iqtidorli sportchimiz O'zbekiston chempionati va kubogi g'olibi Zaynab Pardaboeva ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazmoqda.
Hamyurtimiz pnevmatik miltiqda 10 metrli nishonga o'q otish bo'yicha o'tgan VP-6 mashqida 621,4 natijani qayd etib, o'zining shaxsiy rekordini yangiladi. Bu natija ayollar o'rtasida O'zbekiston rekordi hisoblanadi.
SHu vaqtga qadar O'zbekistn rekordi London olimpiadasi ishtirokchisi Sakina Mamedovaga (620,6 natija) tegishli edi. Ayollar o'rtasidagi VP-6mashqida sportchilar 1 soatu 15 daqiqa ichida ketma ket 60 ta o'qni nishonga otishlari lozim.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar