25 okt 08:12
Yangiliklar
Boshqalar
Merganimiz xalqaro musobaqada sovrindor bo'ldi
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Qozog'istonda o'q otish sporti bo'yicha xalqaro xotira turniri bo'lib o'tmoqda.
Onlayn tarzda tashkil qilinayotgan mazkur musobaqaning navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Transheyali stenddan otish mashqida Aleksey Remyonov uchinchi o'rinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Etiborlisi, bu muvaffaqiyat orqali hamyurtimiz xalqaro toifadagi sport ustasi maqomini ham qo'lga kiritdi. SHuningdek, aylanma stend mashqida Ruslan Utaganov va Begzod Abdurahimov mos ravishda to'rtinchi va beshinchi o'rinni egallab, sport ustasi talabini bajarishdi.
Musobaqa 30 oktyabrga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar