16 mar 12:24
Yangiliklar
O'q otish
Merganlar bahsi qizg'in pallaga kirdi
Xabaringiz bor, poytaxtimizda pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda.
Turnirning ikkinchi kunida xotin-qizlar o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishdi. Saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, finalga yo'l olgan sportchilar hal qiluvchi bahslarda mahoratlarini ishga solishdi.
CHempionlik uchun bo'lgan kurashda xorazmlik Olima Komilova 240,6 ochko bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin esa 235,6 ochko to'plagan poytaxt viloyati sportchisi Zaynab Pardaboevaga nasib etdi. Surxondaryolik Natalya Slastyon kuchli uchlikka yakun yasadi.
Terma jamoaga saralash uchun bo'lgan finalda kutilganidek, Sakina Mamedova eng ko'p ochko jamg'ardi – 248,2. Iqtidorli sportchi Olima Komilova ikkinchi, Elena Kuznecova uchinchi o'rinlarni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar