So’nggi yangiliklar

09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 07:48Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0

04 mar 14:50
Yangiliklar

O'q otish

Merganlar musobaqasi davom etmoqda

Teglar :  O'q otish
Joriy yilning 24 fevral kuni Buxoroda pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi ochiq kubogi start olgan edi.

Yoshlar o'rtasida sportning ommaviyligini oshirish, jumladan, o'q otish sporti turlari bo'yicha yuqori malakaga ega bo'lgan, mamlakat terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralash vazifasini o'tovchi musobaqada ishtirokchilar ikki yosh toifasida merganlik salohiyatlarini namoyish etishdi. Pnevmatik miltiq, pnevmatik tupponcha hamda mikst (aralash juftlik) yo'nalishidagi  musobaqalar 16 yoshgacha bo'lgan yigit qizlar hamda undan kattalar o'rtasida alohida tashkil etildi. 

- Bu orqali, xalqaro musobaqalarda ishtirok etuvchi yoshlar va kattalar terma jamoamizga munosib nomzodlarni saralab olamiz,- deydi O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi bosh kotibi Jaloliddin Atabullaev. 

Musobaqa natijalariga qarab shuni tushunishimiz mumkinki, respublikamiz viloyatlarida o'q otish sport turi yanada jadal rivojlanayotgani, ayniqsa, Andijon,  Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Farg'ona viloyatlarida voyaga etayotgan iqtidorli yoshlar sport turi infratuzilmasi ancha rivojlangan poytaxt vakillari bilan munosib raqobat qilishmoqda. Mutaxassislar O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi ochiq kubogi davomida Toshkent viloyati sportchilari Oybek Asilov, Suxrob Mirzajonov, Zaynab va Madinabonu Pardaboevalarning mahorat bobida o'zlaridan ancha katta yoshli sportchilardan o'zib ketayotganini takidlashdi. 

Garchi, O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi ochiq kubogi yakunlangan bo'lsada, ishtirokchilar navbatdagi musobaqa - Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan tashkil etilayotgan O'zbekiston kubogi g'oliblik uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing