09 apr 08:24
Yangiliklar
Merganlarimiz “Oltin mergan” musobaqasida shoxsupaga ko'tarilishdi
Xalqaro turnirning uchinchi kuni merganlar kichik kalibrli miltiqdan o'q otish bo'yicha bor mahoratlarini ishga solishdi. Qizg'in kurashlarga boy bo'lgan MV9 mashqlarida (bunda sportchilar 50 metr masofada yotgan holda nishonga o'q uzishadi) g'oliblik uchun kurash kutilganidek O'zbekiston va Qozog'iston sportchilari o'rtasida kechdi.
Erkaklar o'rtasidagi shaxsiy birinchilik uchun bo'lgan bahslarda qozog'istonlik Ilya Fedin 624,4 ochko bilan oltin medalni rasmiylashtirdi. Hamyurtimiz Roman Goloshhapov esa 623,5 ochko bilan kumush medalga sazovor bo'ldi.
Ayollar o'rtasidagi musobaqalarda esa hamyurtimiz Sakina Mamedova eng yaxshi natijani qo'lga kiritdi. U 620,8 ochko to'plab barcha raqobatchilarini ortda qoldirishga erishdi.
Fikrlar