23 okt 08:22
        Yangiliklar	
	
				
				    O'q otish			    
				 
				
			 
				Merganlarimiz Tokio-2020 yo'llanmalari uchun Qatarga yo'l olishdi
O'q otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish maqsadida Qatar poytaxti Doha shahriga jo'nab ketdi. 
			Sportchilarimiz qita chempionati oldidan aynan Doha shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini ham o'tkazishadi. Ushbu yig'in Osiyo chempionatiga so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Etiborga molik jihati shundaki, Qatar poytaxti mezbonlik qiladigan musobaqa kelasi yili Tokioda o'tkaziladigan XXXII Yozgi olimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma berishi bilan ahamiyatlidir.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar