14 iyu 09:13
Yangiliklar

Mersedes Cup. Istominning chorak finaldagi raqibi turnirning 2-raketkasi!
Maysali kortlardagi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi dastlabki ikki bosqichda reytingda o'zidan yuqorida turgan raqiblarini mag'lubiyatga uchratib chorak finalga yo'l olgandi.
Kecha kunning ikkinchi yarmida Istominning yarim final ostonasidagi raqibi malum bo'ldi. Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Lukas Puil ertaga o'tkaziladigan chorak final uchrashuvida Istominga qarshi kortga chiqadi.
Dunyo reytingida 17-o'rinni egallab turgan Puil ikkinchi bosqichda ATP reytingida 303-pog'onadan joy olgan germaniyalik Rudolf Mollekerni 6:3, 6:4 hisobida engdi. Denis va Lukas shu kungacha hali kortda o'zaro to'qnash kelishmagan.
Fikrlar