17 iyu 08:44
Yangiliklar

Messi 699-golini urgan o'yinda "Barselona" g'alaba qozondi
Uchrashuvda kataloniyaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ansu Fati va Lionel Messi kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. Penaltini aniq amalga oshirgan Messi faoliyatidagi 699-golini kiritdi.
Barselona – Leganes 2:0
"Kamp Nou" stadioni
Gollar: 1:0 – 42 Fati, 2:0 – 69, penalti Messi.
Barselona – Ter SHtegen, Pike (Umtiti, 73), Firpo, Langle, Serxi Roberto (Semedu, 53), Buskets (Vidal, 63), Artur (Puch, 73), Rakitich, Fati (Suares, 54), Messi, Grizmann.
Leganes – Kuelyar, Tarin, Avazem, Silva (Rodriges, 71), Bustinsa, Resio (Xil, 85), Eraso (Amadu, 63), Ruben Peres, Mesa (Assale, 46), Ruibal, Gerrero (Karrilo, 71).
Ogohlantirishlar: Bustinsa (37), Ruben Peres (68), Avazem (82), Langle (84), Puch (84), Firpo (89), Rakitich (90).
Fikrlar