So’nggi yangiliklar

13 may 08:26
Yangiliklar

Futbol

Messi - "Al Hilol"ning asosiy maqsadi!

Teglar :  MessiAl Hilol
Saudiya Arabistoni amaldorlari Leo Messining "Al Hilol"ga o'tishini istashmoqda.

Ammo klubdagilar argentinalik futbolchi bilan nafaqat kelishuvi, balki, hech qanday muzokaralar bo'lmayotganini aytishmoqda. "Al Hilol" Leo Messining atrofidagilar bilan til topishishni o'ylamoqda. PSJ hujumchisi "Al Hilol"ning asosiy maqsadiga aylangan.

Ushbu mavsumdan keyin Parij klubidan ketishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan futbolchi uchun "Barselona" ham jiddiy raqobat qilmoqda. Saudiya Arabistonidagilar esa Messining transferini davlat siyosati darajasiga olib chiqmoqchi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing