17 dek 06:19
Yangiliklar

Messi “Barselona” safida 43 ta xet-trikka erishdi, oldinda faqat Ronaldu bor
Uchrashuvda mehmonda o'ynashiga qaramay, kataloniyaliklar yirik 5:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarning uchtasi Messi hisobiga yozildi. Bu Messining “Barselona” safidagi 43-xet-trigi bo'ldi.
Undan oldinda faqat Krishtian Ronaldu bor. Ronaldu “Real” safida 44 marta xet-trik qayd etgandi. Messi ayni damda 14 ta gol(10 ta golli uzatma ham bor) bilan kuchli beshlik chempionatlari yaqqol to'purar bo'lib turibdi.
Levante — Barselona 0:5
Gollar: Suares, 35, Messi, 43, 48, 60, Pike, 88.
Levante: Oyer — Postigo (Prchich, 70), Kabako, Per — Xason, Kampanya, Bardxi, Garsiya — Rochina (Koke, 69) — Boateng (Mayoral, 62), Morales.
Barselona: Ter SHtegen — Vermalen (Artur, 52), Lengle, Pike, Alba — Vidal (Koutino, 78), Buskets, Rakitich — Messi, L. Suares, Dembele (D. Suares, 82).
Ogohlantirishlar: Per, Xason — Dembele, Rakitich, Alba.
CHetlatish: Kabako, 77.
Fikrlar