24 apr 13:28
Yangiliklar
Futbol

Messi “Barselona” sardori sifatida 100-o'yinini o'tkazdi
Lionel Messi kecha “Alaves”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushirildi.
Argentinalik futbolchi bahsning 61-daqiqasida Usmon Dembelening o'rnini egalladi va Serji Busketsdan sardorlik bog'ichini qabul qilib oldi. Bu uning “Barselona” sardori sifatidagi 100-o'yini bo'ldi.
Lionel Messi “Barselona” sardori bo'lgan 99 ta o'yinda jamoa 79 uchrashuvni o'z foydasiga hal qilgandi. Kecha 80-g'alaba qo'lga kiritildi. Futbolchining o'zi bu o'yilardan 105 ta gol urgan.
Havola :
Fikrlar