10 fev 16:36
Yangiliklar
Futbol
Messi bilan bog'liq mojaro tufayli Argentina terma jamoasi o'yini bekor qilindi
Xanchjou hukumati Argentina va Nigeriya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinini bekor qilishdi.
O'yin mart oyida Xitoy shahrida o'tishi kerak edi. Biroq Xanchjou sport byurosining malum qilishicha, "hammaga malum sabablarga ko'ra" o'yin bekor qilindi.
"Tadbirni o'tkazish shartlarini asoslab bo'lmaydi va bahs bekor qilinishi borasida qaror qabul qilindi" - deyiladi WeChatda elon qilingan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Messi jarohat sababli Gonkong yulduzlari terma jamoasiga qarshi maydonga tushmagandi. Ushbu voqeadan so'ng ko'plab muxlislar tashkilotchilardan norozi ekanliklarini va chipta pullarini qaytarib berishlarini talab qilgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar