11 sen 22:49
Yangiliklar
Futbol

Messi "Borussiya"ga qarshi o'yinda ham ishtirok etmasligi mumkin
"Barselona" hujumchisi Leo Messining oyog'idan olgan jarohati tuzalishi qiyinlashmoqda.
"Goal" xabariga ko'ra, futbolchining Primero doirasida "Valensiya"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi aniq bo'lgan. SHuningdek, uning ECHL doirasida "Borussiya" bilan bahsda maydonga tushmasligi kutilmoqda.
"Ko'rshapalaklar" bilan bahs 14 sentyabr kuni o'tkazilsa, 17 sentyabr kuni "arilar"ga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.
Messi avgust oyining o'rtalarida jarohatlangandi. Avvaliga uning bir necha haftada safga qaytishi aytilgandi. Biroq u bir oydan oshiqroq vaqt davomida lazaretda qolib ketmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar