11 apr 12:01
Yangiliklar
Futbol

Messi burnidan nafac ololmayapti
"Manchester Yunayted" hamda "Barselona" o'rtasidagi CHempionlar ligasi chorak final bahsida (0:1) Kataloniya klubi sardori Lionel Messi burni va yuzini jarohatlab oldi.
Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Argentinalikning burni singani taxmin qilinmoqda. Messi burni orqali nafas ololmayapti. Bundan tashqari, futbolchining qovog'i jarohatlangani tufayli ko'zini ochishga qiynalmoqda.
Taxminlarga ko'ra, Messi bir necha kun maydonga tushmaydi va "Ueska"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi, biroq MYUga qarshi javob uchrashuviga tayyor bo'ladi.
"Barselona" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi javob o'yini 16 aprel kuni "Kamp Nou"Da bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar