15 mar 11:29
Yangiliklar
Futbol

Messi CHempionlar ligasida 100ta golni Ronalduga qaraganda tezroq kiritdi
Barselona hujumchisi Lionel Messi ECHL 1/8 finali doirasida CHelsiga qarshi o'yinda (3:0) ikkita gol urdi.
Argentinalik futbolchi ECHLda o'zining 99 va 100-gollarini urdi. Leo 100 lik dovonini Krishtianu Ronaldudan keyin zabt etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Ammo Messi 100ta golni Krishtianudan tezroq urishga erishdi. 100ta to'p kiritish uchun "Barselona" hujumchisiga 123ta, "Real" hujumchisiga esa 137ta o'yin kerak bo'ldi.
O'z navbatida Ispaniya chempionatida Ronaldu 300ta golni Messidan tezroq urgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar