09 dek 11:29
Yangiliklar
Futbol

Messi ECHLda so'nggi 17 yillikdagi antirekordni o'rnatdi
“Barselona” ECHL guruh bosqichi 6-turida o'z uyida “Yuventus”ni qabul qilib, 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Uchrashuvda Leo Messi “Yuventus” darvozasi tomon 11 ta zarba yo'lladi, shundan 7 tasi darvoza tomon aniq borgan va ularni Jiji Buffon bartaraf etgan. Natijada Messi bitta o'yinda shuncha aniq zarba berib ECHLda so'nggi 17 yillikdagi antirekordni o'rnatdi.
“OPTA” xabariga ko'ra, ECHLda 2003/04 yilgi mavsumdan beri (statistika shu mavsumdan yuritila boshlangan) hech kim bitta o'yinda shuncha aniq zarb berib, gol urmaslik holati kuzatilmagandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar