12 dek 10:35
Yangiliklar
Futbol

Messi “El-Klasiko” haqida: “Juda ham kuchli “Real”ni ko'rishni kutyapman”
Kataloniyaliklar etakchisi 18 dekabrda bo'lib o'tadigan o'yindan oldin fikrlari bilan bo'lishdi.
“Men juda kuchli va barqaror “Real”ni ko'rishni kutyapman. Ular so'nggi vaqtlarda shunday ko'rinmoqda. Klassiko - bu alohida o'yinlar. Bunda klublar qaysi o'rinda bo'lishining ahamiyati yo'q. Ikkala jamoa ham ayni damda yaxshi formada”, - deydi Messi.
Eslatib o'tamiz, “Real” va “Barsa” Ispaniya chempionati 15-turidan so'ng 34 ochkodan jamg'arib, musobaqa jadvalida qo'shhokim bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar