21 may 18:55
Yangiliklar
Futbol

Messi "Eybar"ga qarshi o'ynamaydi. U Kumanning ruxsati bilan mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi La Liga so'nggi tur doirasidagi "Eybar"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.
Argentinalik futbolchi murabbiy Ronald Kumanning ruxsati bilan "ko'k-anorranglilar"ning bugungi mashg'ulotini o'tkazib yubordi.
33 yoshli futbolchi joriy mavsum "Barselona" safida barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 38ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : fcbarcelona.es
Fikrlar