02 iyu 08:25
Yangiliklar
Futbol
Messi faoliyatidagi 40-sovrinni qo'lga kiritdi, faqatgina bir futbolchida undan ko'p sovrin bor
Lionel Messi faoliyatidagi 40-sovriniga ega chiqdi.
Argentinalik futbolchi terma jamoasi bilan birga Finalissimada Italiyani mag'lub etdi.
Bungacha Messi "Barselona safida 10 marotaba La liga, to'rtta CHempionlar ligasi, 8 ta Ispaniya superkubogi, 7 ta Ispaniya kubogi, bir martadan klublar o'rtasidagi JCH va Evropa superkubogida g'olib bo'lgan. PSJ bilan ham Franciya chempionligini qo'lga kiritgan.
Argentina safida esa u Amerika kubogi, Olimpiada va yoshlar o'rtasidagi JCHda g'olib bo'lgan.
Sovrinlar yutish bo'yicha u sobiq jamoadoshi Andreas Inestani (39 ta sovrin) ortda qoldirdi.
Faqatgina bir futbolchi - Dani Alvesda Messidan ko'p sovrin bor. Braziliyalik himoyachi 46 marotaba musobaqalarda g'olib bo'lgan.
Havola :
Manba : Opta
Fikrlar