08 jan 07:23
Yangiliklar
Futbol

Messi gol urgan va golli pas bergan o'yinda "Barselona" g'olib bo'ldi
Ispaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Barselona" hamda "Levante" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
Maydon egalari 12-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olishdi. Messi Alba bilan devor uslubidagi kombinaciyani gol bilan yakunladi. Tanaffusga qadar Luis Suares hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Bu bilan urugvaylik futbolchi qatorasiga beshinchi o'yinda gol urdi.
Uchrashuvning oxirgi daqiqasida Messining to'p uzatishidan so'ng Paulino o'yinga yakuniy nuqta qo'ydi - 3:0. Koutinoni xarid qilib muxlislarini xursand qilgan "Barselona" yirik g'alabani qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar