19 apr 08:30
Yangiliklar
Futbol

Messi Gvardiola haqida: "U futbolga zarar etkazdi"
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning futbolga tasiri haqida fikr bildirdi.
"Gvardiola – boshqa dunyo, u hech kim ko'rmaydigan narsalarni ko'radi. U futbolni o'zgartirdi. Hamma bizdan nusxa olmoqchi bo'lardi. Aslida bu bilan u beixtiyor o'yinga zarar etkazdi: odamlar buni qanday qilishni tushunmay "Barselona"ga o'xshab o'ynashga harakat qilishdi. Yarim himoyada Xavi, Andres Inesta va Serxio Busketsdan iborat maxsus jamoamiz bor edi, murabbiy va futbolchi bir-biriga shu qadar mos kelgandi", – dedi argentinalik afsona.
Ispaniyalik mutaxassis 2008 yildan 2012 yilgacha "Barselona"ni boshqargan. SHu vaqt ichida u klub bilan 14 ta sovrin yutgan.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar