31 mar 10:10
Yangiliklar
Futbol

Messi Inestani ortda qoldirdi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liganing 29-turida “Espanol”ga (2:0) qarshi bahsda maydonga tushib, jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.
«Mundo Deportivo»ning xabariga ko'ra, ushbu bellashuv argentinalik futbolchining Kataloniya klubi safida o'tkazgan 675-uchrashuvi bo'ldi. Bu bilan Leo “Barsa”ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta (674) ortda qoldirib, boshqa bir yarim himoyachi Xavi (767)ni taqib etishda davom etmoqda.
“Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Messi 2003 yildan buyon jamoa asosiy tarkibida maydonga tushib kelmoqda. U ko'k-anorranglilar safida 30 dan ortiq sovrinlarni qo'lga kiritgan. Ular orasida to'rtta CHempionlar ligasi, 9 ta Ispaniya chempionligi va oltita Ispaniya kubogi bor.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar