25 mar 11:46
Yangiliklar
Futbol

Messi Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'ynashni istamoqda
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaga qarshi kechadigan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushish istagi borligini malum qildi.
Ispaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 27 mart kuni bo'lib o'tadi. “Barselona” yulduzi kichik jarohat sabab Italiya bilan bo'lib o'tgan uchrashuv (2:0)da maydonga tusha olmagandi.
“Mashg'ulotlarda hech og'riq meni bezovta qilmadi. Lekin baribir o'zimni o'ta alo darajada xis qilmayapman. SHunga qaramay, men Ispaniyaga qarshi kechadigan seshanba oqshomidagi o'yinda maydonga tushishni xohlardim, — dedi Messi Football Espana internet nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar