04 iyu 10:27
Yangiliklar
Futbol
Messi jahon chempionatlarida hech kimga nasib etmagan ikkita rekord o'rnatdi
Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi JCH-2026 1/16 finalida Kabo-Verde darvozasiga birinchi bo'limda gol urib, jahon birinchiliklarining bir nechta noyob rekordlarini yangiladi.
Messi futbol tarixida ikkita alohida jahon chempionatida 7 tadan gol urgan ilk futbolchiga aylandi. SHuningdek, u nufuzli terma jamoalar turnirining barcha bosqichlarida gol urishga muvaffaq bo'lgan birinchi o'yinchi bo'ldi: Lionel JCHning barcha uchta guruh bosqichi o'yinida, shuningdek, 1/16 finaldan boshlab to final bahsigacha bo'lgan barcha bosqichlarda o'z nomini tabloga va tarixga yozdirib qo'ygan.
Malumot uchun, 39 yoshli Messi milliy terma jamoadagi faoliyati davomida jami 124 ta gol va 64 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Havola :
Fikrlar