26 iyu 15:25
Yangiliklar
Futbol
Messi jarohat oldi, endi u tibbiy tekshiruvdan o'tadi
Bugun tongda Argentina terma jamoasi Kopa Amerikaning 2-turi doirasida CHiliga qarshi bahs olib bordi.
88-daqiqada Lautaro Martinez tomonidan kiritilgan yagona gol amaldagi Jahon chempionlariga g'alaba taqdim qildi.
Ana o'yin davomida argentinaliklar sardori Lionel Messi o'ng sonining harakatlantiruvchi mushaklarini shikastlab oldi. Leoga o'yin davomida tibbiy yordam ko'rsatildi, ammo u endi chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o'tadi.
"Jarohat meni bezovta qildi, lekin o'yinni oxiriga etkazib qo'yishni uddaladim. Hammasi jiddiy emas deb umid qilaman. Ko'ramiz, shifokorlar nima deyishar ekan", - dedi Messi "TyC Sports" telekanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : TyC Sports
Fikrlar