13 iyu 10:10
Yangiliklar
Futbol
Messi: "JCH-2022da g'olib bo'lmaganimizda, terma jamoadan ketgan bo'lardim. Tanqidlar sabab davom etishga kuch qolmasdi"
Lionel Messining aytishicha, agar Argentina JCH-2022 finalida mag'lub bo'lganida jamoa "tanqidlar yomg'iri" ostida qolib ketgan bo'lardi.
"Men ortda qolgan jahon chempionatidan zavq oldim, chunki bu men uchun oxirgi JCH bo'lishi mumkinligini bilardim. To'g'risini aytsam, finalda yutmaganimizda terma jamoadan ketardim. Bunga ishonchim komil.
Jamoaga ishonardim. Agar yuta olmaganimizda tanqidlar juda ko'p bo'lardi. SHunday bo'lsa, menda davom etish uchun kuch qolmagan bo'lardi. Bu yakun bo'lardi", - dedi Messi.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar