08 sen 16:01
Yangiliklar
Futbol
Messi kelajagi borasida tarqalgan mish-mishlarga javob berdi
So'nggi vaqtlarda "Barselona" futbolchisi Leo Messining kelajagi borasida ko'plab mish-mishlar tarqaldi.
Unga ko'ra, Messi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etib, Argentinadagi “Nyuells Old Boyz” klubi futbolchisiga aylanishi mumkin edi. Ammo Leo ushbu xabarni keskin rad etdi.
“Barselona”dan boshqa ajoyib klub yo'q va bo'lmaydi ham! Men dunyoning eng kuchli jamoasi tarkibida o'ynayapman va boshqa hech nima so'ramayman”, - dedi Messi.
Malumot uchun, uning “Barselona” bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.
Havola :
Fikrlar