04 iyu 12:12
Yangiliklar
Futbol

Messi "Manchester Siti"ga o'tmoqchi
"Barselona" forvardi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, bu haqda argentinalik jurnalist Kristian Martin xabar tarqatmoqda.
Oldinroq xabar qilinganidek, 33 yoshli o'yinchi 2021 yilning yozida shartnomasi yakunlangandan so'ng Kataloniya klubidan ketishni rejalashtirmoqda.
"Messining "Manchester Siti"ga o'tish ehtimoli bor. Buni mening Kataloniya va Angliyadagi manbalarim tasdiqlamoqda. Ikki tomon ham bitim shartlaridan qoniqish hosil qilishadi", - deb yozdi Martin.
Messi "Siti"ga o'tgan taqdirda "Barselona"da birga ishlagan murabbiyi ispaniyalik Xosep Gvardiola bilan ishlaydi.
Havola :
Manba : instagram.com/christianmartin03
Fikrlar