01 dek 11:21
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

Messi mashhur bokschi bilan uchrashdi va sovg'asiga qo'lqop oldi FOTO
“Barselona” klubining argentinalik yulduzi Lionel Messi Kataloniya markazida tashkil etilgan taqdimot marosimida ishtirok etdi.
Messi ushbu tadbirda o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin bilan uchrashdi. Qozog'istonlik bokschi Leoga sovg'a tariqasida o'zining bir juft qo'lqopini taqdim etdi.
Bu uchrashuv har ikki sportchining umumiy homiylari bo'lgan - dunyodagi birinchi Finney blokcheyn-smartfoni taqdimotida bo'lib o'tdi.
Havola :
Fikrlar