14 sen 11:45
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/4068_220.jpg)
Messi oltinchi marta xet-trik qayd etib, mutloq rekordchiga aylandi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Evropa chempionlar ligasi 1-turida “Seltik” bilan o'yinda (7:0) xet-trik qayd etdi.
Argentinalik futbolchi 3, 27 va 60-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. “Seltik” bilan o'yindagi xet-trik Messi uchun ECHLdagi oltinchisi bo'ldi. U bu borada “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib yakka peshqadamga aylanib oldi.
Oldinroq Messi “Arsenal” (4:1) (2010 yil), “Viktoriya Plzen” (4:0) (2011 yil), “Bayer” (7:1) (2012 yil), “Ayaks” (4:0) (2013 yil) va APOEL (4:0) (2014 yil) bilan o'yinlarda xet-trik rasmiylashtirgandi.
Havola :
Fikrlar