17 may 13:26
Yangiliklar
Futbol

Messi "Real" jamoasi haqida qanday fikrda?
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real" tarkibi va o'z jamoasining CHempionlar ligasidan chiqib ketishi haqida fikr bildirdi.
"Real"ning barcha poziciyalarida dunyoning eng yaxshilari o'ynaydi, xuddi bizniki kabi.
"Qirollik klubi" yomon o'ynasa ham, ular natijaga erisha olishadi. Biz ularni mag'lub etishimiz uchun, ulardan yaxshiroq jamoaga aylanishimiz kerak.
CHempionlar ligasida omadsizlikka uchradik. Biz ega bo'lgan ustunlikni hisobga olsak ("Barselona" "Roma"ni ilk o'yinda 4:1 hisobida mag'lub etgan), finalda o'ynashimiz kerak edi.
Bu biz uchun katta mag'lubiyat bo'ldi. Juda yaqin edik" - deydi Messi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar