01 mar 14:54
Yangiliklar
Futbol

Messi "Real"ga qancha vaqtdan beri gol urolmayapti?
Bugun Ispaniya chempionati 26-turidan o'rin olgan markaziy o'yin bo'lib o'tadi va unda "Real" o'z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi.
"Barselona" etakchisi Lionel Messi 336 daqiqadan buyon "Real"ga gol ura olmayapti. Uning "Real Madrid"ga urgan oxirgi goli 2018 yil 6 mayda qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, Primera jadvalida 55 ochko bilan "Barselona" peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o'rinda esa 53 ochko to'plagan "Real" bormoqda.
Havola :
Fikrlar