So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

29 iyu 19:03
Yangiliklar

Futbol

Messi va Levandovskidan so'ng “Huawei” Ravshan Ermatov bilan shartnoma tuzdi

Teglar :  MessiErmatovXitoy
Bugun Xitoy bozorining birinchi raqamli savdo belgilaridan biri bo'lgan “Huawei” kompaniyasi, Toshkentda o'zining yangi qahramonini tanishtirdi.

Unga ko'ra, “Globe Soccer Awards” sovrini sohibi, jahon rekordchisi kompaniyaning Osiyodagi yuziga aylandi. Kompaniyaning Toshkentdagi ofisida, taqdimot va shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.


Jamoaning PR menedjeri Davron Azizov kirish so'zida, nima uchun “Huawei” o'zbekistonlik referini tanlagani haqida aytib o'tdi.

- Ravshan Ermatovni kompaniya bilan shartnoma imzolagani bizni quvontirmay qolmadi. Hamyurtimizni dunyo futbolida tutgan o'rni katta. SHuning uchun ham bizning qarorimizni izohlab o'tirmaymiz. Bu ikki tamonlama manfaatli shartnoma bo'ldi.


SHundan so'ng, so'z Ravshan Ermatovga berildi.

“Assalomu alaykum, “Nixau” (xitoycha salomlashish), - deya so'z boshladi FIFA referisi.

- Taklifingiz uchun rahmat. Taklifni o'rganib chiqar ekanman, xitoylik do'stlarim bilan maslahatlashdim. SHunda ular, 1.5 mlrd aholi istiqomat qiladigan mamlakatda “Huawei” katta o'rin tutishi va bu to'g'ri qaror bo'lishini takidlab o'tishdi, shunda ikkilanib o'tirmay rozi bo'ldim. Yana bir sabab, kompaniya sportning futbol turiga bo'lgan etiborini yuqoriligi bo'ldi.


SHundan so'ng Ravshan Ermatov va “Huawei” o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi. SHartnoma imzolangach, kompaniyaning direktori Van Pen eng so'nggi modeldagi telefon va soatni esdalik uchun 5 karra Osiyoning eng yaxshi hakamiga taqdim etdi.

“Ravshan bilan kelishganimizdan xursandmiz. Bu “Huawei” tarixidagi katta kun. SHu kungacha biz Messi, Levandovskiy, Sanches va Rodriges kabi yulduzlar bilan shartnoma imzoladik. Bugungisi aynan Sizlarning hamyurtlaringiz bo'ldi. Yurtingizda futbolning rivojiga munosib ulush qo'shamiz degan umiddamiz”, - deydi janob Pen.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing