26 apr 11:06
Yangiliklar
Futbol

Messi Vilanovaning xotirasini yodga oldi
Lionel Messi 2014 yilning 25 aprelida saraton xastaligidan dunyodan ko'z yumgan kataloniyaliklar ustozi Tito Vilanovaning xotirasini yodga oldi.
U o'zining Instagrami “storis”ida “Tito abadiy” yozuvi tushirilgan banner oldida Vilanovaning o'zi tushgan fotosuratni joylashtirdi. Vilanova 2007 yildan boshlab Pep Gvardiolaga yordamchi bo'lib “Barselona-B” va “Barselona”da faoliyat yuritgan.
Malumot uchun, 2012/2013 yilgi mavsumda u asosiy jamoani boshqargan. Ilgariroq aynan Tito o'limidan oldin Messini jamoada qoldirishga ko'ndirganligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Havola :
Fikrlar