04 may 10:03
Yangiliklar
Futbol

Messi Xaviga murojaat qildi
Barselona sardori Lionel Messi sobiq jamoadoshi Xaviga murojaatnoma yo'lladi.
Xavi joriy mavsum oxirida futboldagi faoliyatini yakunlashini aytgandi.
“Kiyim almashtirish xonasida sen bilan bitta joyni bo'lishganim men uchun yoqimli holat edi. Jamoani tark etgan ilk kuningdan boshlab, biz seni juda ham sog'inamiz. Sababi, sen bizga maydonda va uning ortida yordam berar eding.
Hozir faoliyatingdagi yangi bosqichga qadam qo'yayotganing uchun senga eng yaxshi tilaklarni tilayman. O'ylashimcha, yana barcha jabhalarda omadga erishib, jaxon futboliga foyda keltirasan. Seni qattiq quchoqlayman”, - deya Instagram sahifasiga post joylagan argentinalik forvard.
Havola :
Fikrlar